Ajoyib! Chempionlar Ligasi chorak final javobida «Liverpul» ustidan (2:0) g’alaba «PSJ» uchun Angliya jamoalari bilan olti o’yindagi beshinchi zafar bo’ldi! Uchrashuv Liverpulning «Enfild» stadionida o’tkazildi. Bosh hakam Mauritsio Mariani edi. Avvalroq «PSJ» ilk chorak final bahsida ham «Liverpul»ni (2:0) mag’lub etgandi. Nimchorak finalda Fransiya chempionlari «Chelsi»ni ikki bor (5:2, 3:0) yirik hisobda shafqatsizlarcha mag’lub etgan edi. Guruh bosqichida parijliklar «Tottenhem»dan (5:3) ustun kelib, «Nyukasl» bilan (1:1) durang o’ynagan edilar. «PSJ»ning yarim finaldagi raqibi 15-aprel chorshanba kuni aniqlanadi. «Bavariya» va Madridning «Real» klublari o’rtasidagi javob bahsi Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida bo’lib o’tadi. Birinchi o’yin bir hafta avval Madridda nemis klubining (2:1) g’alabasi bilan yakunlangan edi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







