⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Uels shahzodasi Uilyam «Aston Villa»ning 2025/2026-yilgi UEFA Yevropa Ligasi finalida «Frayburg» ustidan 3:0 hisobidagi g’alabasidan so’ng o’z his-tuyg’ulari bilan bo’lishdi. Britaniya taxtining vorisi birmingemliklarning ashaddiy muxlisidir! O’yin Istanbuldagi «Tyupash» stadionida o’tdi.
«Qanday ajoyib oqshom! Go’zal final uchun Turkiyaga rahmat! «Frayburg»dan aql bovar qilmas muhit va zo’r sport ruhiyati! Paradni maroq bilan nishonlang, Birmingem!» – deb yozdi shahzoda Uilyam X ijtimoiy tarmog’ida.
«Aston Villa» o’z tarixida ilk bor Yevropa Ligasi g’olibi bo’ldi. Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri uchun bu oltinchi final, uning jamoasi beshtasida g’alaba qozondi.






