Bu haqiqiy sensatsiya! AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Mauritsio Pochettino kelasi mavsumda Madridning “Real” klubini boshqarishi mumkinligi aytilmoqda! Bu hayratlanarli ma’lumotni COPE jurnalisti Migel Anxel Dias taqdim etdi. Diasning so‘zlariga ko‘ra, unda Pochettino kelasi mavsumda “Real”ning murabbiyi bo‘lishi haqida kuchli taassurot paydo bo‘lgan. “Qaymoqranglilar” yangi bosh murabbiy nomini e’lon qilishni uzoq kutmaydi, deb o‘ylayman”, — dedi u. Pochettino 2024-yil sentabridan buyon AQSH terma jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda. Argentinalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2026-yil iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Ammo, eng qizig‘i, “Real”ga yanvar oyidan beri Alvaro Arbeloa boshchilik qilmoqda va uning shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Bu juda g‘alati holat!
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






