⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Belgiya (1:4) ga qarshi og’riqli mag’lubiyatdan so’ng, forvard Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani sabab yuzaga kelgan tanqidlarga nihoyatda g’azab bilan javob berdi!
«Shaxsan men birovni haqoratlash, salbiy xabarlar yozish yoki tahdid qilishdan nima ma’no borligini mutlaqo tushunmayapman! Men jamoaning bosh murabbiyiman, qoidalar esa federatsiyaga futbolchini o’yinga jalb etishga imkon beradi. Mening vazifam faqat jamoani tayyorlash edi, tamom!»
«Agar Balogun FIFA intizom qo’mitasi ruxsati bilan o’ynagan bo’lsa, men uchun bunda hech muammo yo’q edi, bu oddiy holat!»
«Ammo shaxsan men, ko’plarning siyosat, manipulyatsiya, etika va halollik haqida so’z ochganidan juda ranjidim! Bu mag’lubiyatimizga bahona bo’lolmaydi, aslo! Bu voqea sabab darajamizni ko’rsata olmadik deyish mutlaqo yolg’on!» — dedi Pochettino. Uning so’zlarini jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog’ida keltirgan.
Aytgancha, jahon chempionati chorak finalida Belgiya Ispaniya bilan to’qnash keladi.







