⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Teleboshlovchi Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning tanqidchilarini jim bo’lishga chaqirdi. Ajoyib! O’tgan kuni «Al-Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi Portugaliya terma jamoasi safida JCh-2026 saralash bosqichining O’zbekistonga qarshi (5:0) o’yinida birinchi bo’limda dubl qayd etib, o’yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi! «Bum! Ronaldu gol urdi! Men va’da qilganimdek! Tarixdagi chinakam buyuk futbolchining ajoyib yakuni! Xeyterlar, endi bemalol yig’lashingiz mumkin 😢 🤣», — deb yozdi Morgan X ijtimoiy tarmog’ida Ronalduning 6-daqiqadagi birinchi golidan so’ng. Krishtianuning uchrashuvning 39-daqiqasidagi ikkinchi golidan so’ng, Morgan «Al-Nasr» hujumchisining g’animlariga yana murojaat qildi. «Bum! Ronaldu yana gol urdi! Tarixdagi buyuk o’yinchidan yana bir ajoyib yakun! Xeyterlar, tss-s-s🤫», — deya xitob qildi jurnalist X ijtimoiy tarmog’ida. Jahon chempionati — 2026 AQSh, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo’lib o’tadi.







