⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! Braziliya terma jamoasi afsonasi Pele 1958-yilgi Jahon chempionati finalida kiygan o’yin futbolkasi 6 million dollarga kimoshdi savdosiga qo’yiladi. Bu xabarni The Athletic nashri ma’lum qildi. O’sha finalda braziliyaliklar Shvetsiyani 5:2 hisobida mag’lub etib, tarixdagi ilk Jahon birinchiligini qo’lga kiritgan edi. O’shanda Peleda bor-yo’g’i 17 yosh edi! Savdolar 29-iyunda boshlanib, 16-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan. Hozircha eng qimmat futbolka argentinalik afsona Diego Maradonaga tegishli bo’lgan edi. U 2022-yilda kimoshdi savdosida 9,28 million dollarga sotildi. Argentinalik o’sha futbolkada 1986-yilgi, jamoasi uchun g’olib Jahon chempionatida maydonga tushgan.







