⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! Panama terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatining 1/16 finaliga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi! Bunga ikkinchi turda Xorvatiya terma jamoasidan 0:1 hisobidagi alamli mag‘lubiyat sabab bo‘ldi. Afsuski, Panama bungacha Gana terma jamoasiga ham 0:1 hisobida yutqazgan edi. Shu tariqa, Panama Gaiti, Turkiya, Tunis va Iordaniya terma jamoalari safiga qo‘shildi, ular ham avvalroq o‘z imkoniyatlarini yo‘qotishgandi! Uchrashuvdagi yagona golni Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Ante Budimir 54-daqiqada kiritdi. Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. Ular 2022-yilgi Qatardagi finalda Fransiya terma jamoasini 3:3 hisobida, penaltilar seriyasida esa 4:2 natija bilan mag‘lub etishgan.







