⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Qanday yangilik! «Zenit»ning sobiq yarim himoyachisi Magomed Ozdoevning otasi Mustafa Ozdoev futbolchining «Krasnodar»ga o’tishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.
«Magomed va «Krasnodar»mi? Bilmayman, hayratlanarli! 10 yildan beri uning ishlariga aralashmayman. Bir hafta oldin gaplashdik, «Krasnodar» haqida u lom-mim demadi. Osiyodan, Gretsiyadan takliflar bor edi, bu ajoyib! Lekin «Krasnodar» haqida men bilan suhbat bo’lmadi. Agar unga bu variant ma’qul bo’lsa, marhamat! Unga 33 yosh! Tushuning, qanday aralashaman? Magomedning o’zi o’ylasin! Menga «Krasnodar» haqida hozircha hech narsa demadi», — dedi Ozdoev «Chempionat» muxbiri Yegor Kabak bilan suhbatda.







