⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib xabar! «Deportivo» o’z rasmiy saytida Gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyangni jamoaga olganini e’lon qildi. Futbolchi «oq-ko’klar» bilan 2028-yil yozigacha mo’ljallangan shartnomani imzoladi. 37 yoshli Obameyang o’tgan klub mavsumida 41 o’yinda 14 gol urib, 10 golli uzatmani amalga oshirgandi. Qoyil! Transfermarkt’ga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 2,5 million yevro. U avval «Lill», «Monako», «Sent-Etyen», «Borussiya D.», «Arsenal», «Barselona», «Chelsi», «Marsel» va boshqa jamoalarda o’ynagan. Aytgancha, «Deportivo» o’tgan mavsum yakunida La Ligaga chiqqan edi!






