Rossiya va Mali terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻzbekistonlik hakamlar boshqarib boradi. Ushbu oʻyin 24-mart kuni Moskvadagi «VEB Arena» stadionida boʻlib oʻtadi. Hakamlar brigadasi bosh hakam Ravshan Ermatov boshchiligida ishlaydi. Uning yordamchilari esa Sanjar Nazarov va Timur Gaileev boʻladi. Toʻrtinchi hakam sifatida esa Ilgiz Tantashev maydonga tushadi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







