⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Angliyaning «Nottingham Forest» bosh murabbiyi Vitor Pereyra Yevropa Ligasi yarim finalida «Aston Villa»ga qarshi bo’lajak o’yin haqida so’zladi. Bu hayajonli uchrashuv bugun, 30-aprel kuni bo’lib o’tadi!
«Eng muhimi – jamoa bo’lib o’zimiz qolish, maydonda o’zimizni va eng yaxshi fazilatlarimizni ko’rsatish. Yaxshi o’yin ko’rsatish va ijobiy natijalarga erishish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak. Bu yagona bosim. Ijobiy kayfiyat bilan biz mo’jizalar yaratishga qodirmiz! Biz o’zimiz bilan faxrlana olamiz.»
«Agar bu klub tarixiga o’z nomimizni yozishni istasak, finalga chiqib, uni yutishimiz shart! Albatta, Brayan Klaf (murabbiy, «Nottingham Forest» bilan ikki marta Yevropa Chempionlar Kubogini yutgan) bizga ilhom manbai. Bu hafta shaharda uning sharafiga o’rnatilgan katta haykalga qaradim. U bu shahar uchun nimalar qilganini tasavvur qila olamiz, bu haqiqiy sensatsiya!» — Pereyraning so’zlarini UYEFA rasmiy sayti keltirdi.







