⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Ramo» prezidenti Antonio Karlos Teyşeyra «Santos» futbolchisi Neymarning xatti-harakatini keskin tanqid qildi! Braziliya Kubogi 1/8 final javob o’yinidan (1:0) so’ng raqib vakillari bilan janjallashib ketgan Neymar barchani hayratga soldi!
«Yaxshi o’ynadik, ammo hakamlar bizni chalg’itgani achchiq ta’m qoldirdi. «Santos»ga bu kerak emasdi! Ko’plab bolalar e’zozlaydigan bu yaramas Neymar, bu yerda shou qilib, bizni provokatsiya qildi! Bunday insonlarni butga aylantirib, o’zimiz ham aybdormiz», — deya Teyşeyra so’zlarini Gazeta Esportiva keltirdi. Ajablanarli holat!
Internetdagi kadrlarda Neymar bir necha bor «Eliminado! Eliminado!» (Tarjimasi: «Siz musobaqadan chiqdingiz! Siz musobaqadan chiqdingiz!») deb baqirganini, «Ramo» rasmiylari tomon ishora qilib, hatto uyatsiz so’z ishlatganini ko’rish mumkin. Hayratlanarli!







