⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar, milliy jamoaning 2026-yilgi jahon chempionatining 1/16 finaliga chiqishi munosabati bilan ingliz va portugal tillarida post e’lon qildi. Turnirning ushbu bosqichida braziliyaliklarni Yaponiya terma jamoasi bilan qiziqarli to‘qnashuv kutmoqda. Uchrashuv 29-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Neymar o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday yozdi: «Mana, jahon chempionatining guruh bosqichidagi uchta o‘yin yakunlandi. 1/16 finalda ko‘rishguncha!»
Aytish joizki, 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha qizg’in davom etmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022-yilgi sayyoraviy birinchilik finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan to‘qnashgan edi. O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangandi, ammo penaltilar seriyasida argentinaliklar (4:2) g‘alaba qozonishdi.






