⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Kot-d’Ivuar bilan ikkinchi tur uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, ikki gol urgan va jamoasining 2:1 hisobidagi g’alabasini ta’minlagan Deniz Undavning o’yini haqida fikr bildirdi! «Bu Denizdan eng yuqori darajadagi ikki gol bo’ldi, u sof hujumchi! U hech ikkilanmay, shunchaki ikkita ajoyib gol urdi. U darvozaning qayerdaligini juda yaxshi biladi. O’z rolini a’lo darajada bajarmoqda. Endi yana savollar boshlanadi: u asosiy tarkibda maydonga tushishi kerakmi? Ammo shunday ham deyish mumkin: u o’z oqimida davom etaversin!» — deya Nagelsmanning so’zlarini Bulinews nashri keltirmoqda. Turnirning birinchi o’yinida ham bu hujumchi zaxira o’rindig’idan maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatma bilan o’zini ko’rsatgandi!







