⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Futbol olamida sensatsiya! «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Ues Braun Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning 2026-yilgi Jahon chempionati roʻyxatiga Koul Palmer, Filip Foden va Garri Maguayrni kiritmaslik borasidagi qarorini hayratlanarli deb baholadi!
«Tomas Tuxel, shubhasiz, bir qator juda muhim tanlovlar qildi. Menimcha, Maguayr oʻtgan mavsumni qanday oʻtkazganini hisobga olsak, u Jahon chempionatiga borishi mumkin edi. Lekin Tuxel oʻz qarorida qoldi, bu aql bovar qilmaydi!»
«Umid qilamanki, terma jamoa turnirda yaxshi oʻynaydi, chunki oʻz iste’dodi bilan oʻyin taqdirini oʻzgartira oladigan ba’zi haqiqiy kalit futbolchilar roʻyxatdan tashqarida qoldi! Bu Angliya uchun katta yoʻqotish boʻlishi mumkin!» — deya Tribal Football nashri Ues Braunning ushbu ehtirosli soʻzlarini keltiradi.







