⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Misr futbol assotsiatsiyasi (EFA) Jahon chempionati 1/8 finalida Argentina terma jamoasiga (2:3) qarshi kechgan o’yindagi hakamlikdan noroziligini bildirib, Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) shikoyat kiritdi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi. Uchrashuvni fransiyalik Fransua Letekse boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqargan edi.
Assotsiatsiya prezidenti Xani Abu Rida Misr terma jamoasining bekor qilingan goli va Argentina uchinchi golidan oldingi ehtimoliy penalti kabi bahsli holatlarni shoshilinch tekshirishni talab qildi. Shuningdek, u fransuz hakamlar brigadasini Jahon chempionati yakuniga qadar chetlatishni so’radi.
Eslatib o’tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha o’tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasidir. U 2022-yil Qatardagi finalda Fransiya terma jamoasini ajoyib o’yinda 3:3, penaltilar seriyasida esa 4:2 hisobida mag’lub etgan.






