⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Latsio»ning ispan himoyachisi Mario Hila «Milan»ga o’tish arafasida! Bu chinakam hayajonli transfer! Insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog’ida ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchining transfer summasi 30 million yevroni tashkil etadi. Manba ma’lumotiga ko’ra, bu summaning yarmini (€15 mln) Madridning «Real» klubi oladi.
Mario Hila – «Real» tarbiyalanuvchisi! Madridliklarning o’yinchini keyingi sotuvidan 50% olish bandi 2022-yil yozida «Real» va «Latsio» o’rtasidagi shartnomada yozilgan edi. Xabar qilinishicha, Hila yaqin dam olish kunlari medik ko’rikdan so’ng «Milan» bilan shartnoma imzolaydi. Ispaniyalik himoyachining «Latsio» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.







