⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Milan» Myunxenning «Bavariya»sidan ketadigan yarim himoyachi Leon Goretzka bilan shartnoma imzolaydi! Bu sensatsiyani ESPN jurnalisti Xaver Rodriges Paskual o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi! Germaniyalik xavbek «Bavariya»ni joriy mavsum yakunida tark etishini avvalroq e’lon qilgan edi. Futbolchi 2018-yildan beri Myunxen klubida o‘ynaydi. 31 yoshli Goretska joriy mavsumda barcha turnirlarda 45 o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va beshta golli uzatma berdi – ajoyib natija! «Transfermarkt» ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevro! Hozirda «Milan» A Seriya jadvalida 67 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Bu haqiqiy mo’jiza!







