⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Futbol olamida chinakam sensatsiya! «Middlesbrough» o’zining X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida Angliya Futbol Ligasi (EFL)ning shov-shuvli qaroriga munosabat bildirdi: «Southampton» Chempionship pley-off finalidan, APLga chiqish huquqidan chetlatildi! Sababi esa mashg’ulotlarning ruxsatsiz videoga olinishidir! Qoyil! Endi «Middlesbrough» jamoasi «Southampton» o’rnini egallab, 23-may kuni «Hull City»ga qarshi maydonga tushadi. «Middlesbrough» futbol klubi intizomiy qo’mita bugungi yig’ilishining natijalarini olqishladi. Klub: «Bu futbolimiz kelajagi uchun sport halolligi va xulq-atvoriga nisbatan aniq signal beradi, deb hisoblaymiz. Hozir klubimiz shanba kuni «Uembli»da «Hull City»ga qarshi bo’ladigan o’yinga bor diqqatini qaratgan», — deb bayonot berdi.







