⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrrik «qizil iblislar» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan, bir mavsumga uzaytirish opsiyasiga ega yangi shartnoma imzolaydi – bu hayratlanarli! Bu haqda mashhur jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi. Avvalroq jurnalist Ben Jeykobs ham shartnoma muddati bo‘yicha muzokaralar borayotganini, «2+1» sxemasi ko’rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. Kerrrik «Manchester Yunayted»ni 13-yanvar kuni boshqargan. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2026-yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu 44 yoshli mutaxassis qo‘l ostida mankunianliklar Angliya chempionatining 15 ta o‘yinida 10 ta g‘alaba qozonib, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi – bu haqiqiy triumf!







