⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Biyelsa 2026-yilgi Jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasining tarkibidan hayratga tushdi! Bu shunchaki ajoyib! Bu ikki jamoa turnirning guruh bosqichi 3-turi doirasida 27-iyun kuni o‘zaro to‘qnash keladi. Qanday qiziqarli o’yin bo’ladi!
Biyelsa shunday dedi: «Ispaniya terma jamoasi bosib o‘tgan yo‘l, ularning hozirgi ahvoli, futbolchilarining sifati va o‘yinlarining go‘zalligi tahsinga loyiq. Darhaqiqat, ular juda yaxshi o‘ynashmoqda. Menda shunday his borki, ularning keyingi 15 yil uchun ham futbolchilari bor. Ularning uslubi va o‘yin modeli qoyilmaqomdir. Ammo bu qanchalik uzoqqa boradi? Bashorat qilishning imkoni yo‘q, biroq ularda ajoyib o‘yinchilar bor. Murabbiy jamoaning o‘yin uslubida hal qiluvchi rol o‘ynaydi va har bir o‘yinchi o‘rniga bir yoki ikki nafar boshqa futbolchi bor. Shuning uchun siz ularning kelajagini bemalol tasavvur qila olasiz». Bu so‘zlarni «Mundo Deportivo» nashri keltirmoqda.







