⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Manchester Yunayted» «Roma» yarim himoyachisi Manu Konega qiziqishda davom etmoqda! «Bo’rilar» bu 25 yoshli futbolchini 60 million yevroga baholamoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko’ra, «qizil iblislar» rahbariyatida Konegni bu summaga sotib olish maqsadga muvofiqligi borasida yakdil fikr yo’q. «Manchester Yunayted» Fransiya terma jamoasi futbolchisining narxini tushirishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda mankunianliklar bitimga hujumchi Markus Rashfordni ham kiritishi mumkin! Bu haqiqiy sensatsiya!
Biroq, angliyalik futbolchining mavsumiga 11 million yevro maoshi to’siq bo’lishi mumkin. Eng ehtimoliy variant – Rashfordni «Roma»ga ijaraga berish, bunda maoshining katta qismini Angliya klubi to’laydi. Futbolchilar qancha daromad topadi:






