⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maksim Glushenkov o’zining sevimli yori Anna bilan nikoh rishtalarini bog’ladi! Bu xabarni klub matbuot xizmati e’lon qildi. «Zenit» matbuot xizmati tabrigida: «Maksim va Annani bu baxtli voqea bilan tabriklaymiz! Baxtli bo’ling!» — dedi. 26 yoshli Glushenkov 2024-yil yozidan beri «Zenit» safida o’ynaydi. O’tgan mavsumda u peterburgliklar safida 34 o’yin o’tkazdi, 11 gol urdi va 9 golli uzatma bilan «gol+pas» bo’yicha jamoa yetakchisiga aylandi! Mahorat! Bu yarim himoyachi avval «Lokomotiv», «Krilya Sovetov», «Ximki» va o’zi tarbiyalangan «Spartak» klublarida ham to’p surgan.







