⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib yangilik! Mashhur xonanda Madonna jonli efirda raqsga tushib, «Chelsi»ning ehtimoliy yangi libosini ko’rsatdi. Qizig’i shundaki, klub uni hali rasman taqdim etmagandi! Madonna «Chelsi» formasida bloger Gymskin bilan birga jonli efirda raqsga tushdi. Manbalarga ko’ra, 67 yoshli xonanda aynan 2026/2027-yilgi mavsum uchun «Chelsi»ning yangi libosini ko’rsatgan. Gymskinning Kickdagi kanaliga qariyb 150 ming, boshqa tarmoqlarda esa 1,1 million kishi obuna bo’lgan. Afsuski, 2025/2026-yilgi Angliya Premer-ligasida «Chelsi» 52 ochko bilan 10-o’rinni egallab, sovrinsiz va keyingi mavsum uchun Yevrokuboklarsiz qoldi. Chempionat davomida klubni ikki murabbiy – Enzo Mareska va Liam Rosenior tark etdi. «Chelsi»ni yangi mavsumda yangi bosh murabbiy – Xabi Alonso boshqaradi.






