⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasini turnir finaliga olib chiqib, oʻzining uchinchi UEFA Chempionlar Ligasi trofeyasini qoʻlga kiritish sari ajoyib qadam tashladi! Yarim finalda PSJ ikki oʻyin yakuniga koʻra Myunxenning «Bavariya»sidan 6:5 hisobida ustun keldi. 6-may kuni «Myunxen Arena»da boʻlib oʻtgan javob oʻyini 1:1 durang bilan tugagan boʻlsa, parijliklar birinchi bahsda 5:4 hisobida gʻalaba qozongandi. Bu haqiqiy sensatsiya!
Avvalroq, faqat Karlo Anchelotti, Bob Peysli, Zinedin Zidan va Xosep Gvardiola kabi murabbiylar uch marta Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlishgan. Luis Enrike PSJ bilan amaldagi Chempionlar Ligasi trofeyi sohibi hisoblanadi. U 2014/2015-yilgi mavsumda «Barselona»ni boshqarayotganida ham bu turnirda zafar quchgan!







