⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Roma» Luis Enrikeni sotib olish fikridan voz kechdi! Bu sensatsiya! Jurnalist P. Oliveyra X’da xabar berishicha, «Zenit»ning braziliyalik qanot hujumchisi Rim klubiga taklif etilgan, ammo italyanlar rahbariyati nomzodni rad etibdi!
Bunday qarorning asosiy sababi shuki, futbolchi «Roma»ning transfer loyihasiga mos kelmas ekan! Bundan tashqari, Luis Enrikening yuqori maoshi ham jiddiy to’siq bo’ldi. Axir, braziliyalik mavsumiga 3,6 million yevro atrofida maosh oladi! Hayratlanarli!
Enrike «Zenit»ga 2025-yil yanvarida kelib qo’shilgan edi. O’tgan mavsumda Enrike 34 o’yinda qatnashib, oltita gol va to’rtta golli uzatma bergan!







