⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mixail Galaktionov, Rossiya Premyer-ligasining 28-turida Moskvaning «Dinamo» jamoasiga (1:1) qarshi o’yindan so’ng, himoyachi Sezar Montes va hujumchi Nikolay Komlichenkoning hozirgi holatini sharhladi. Bu jamoa uchun og’riqli xabar! «Montes va Komlichenkodagi jarohatlar qanchalik jiddiy? Montes haqida hozircha biror narsa deyish qiyin, u chanoq-son mushagida noxushlik sezgan. Komlichenkoning ahvoli esa biroz yomonroq — tizza jarohati bor. Tekshiruv bo’ladi. Hozircha bashorat qilishga jur’at etmayapman. Juda umid qilamanki, hammasi joyiga tushadi, ammo prognozlar unchalik yaxshi emas», — Galaktionov so’zlarini «temiryo’lchilar» sayti keltirdi. Hozirda «Lokomotiv» 50 ochko bilan RPL turnir jadvalida uchinchi o’rinda bormoqda. Oldinda qizg’in kurash!






