⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsion yangilik! Moskvaning «Lokomotiv» klubi direktorlar kengashi raisi Yuriy Nagornix jamoaning yozgi transfer kampaniyasi haqida hayajonli fikr bildirdi. Jamoani yarim himoyachilar Aleksey Batrakov («Galatasaray»), Danil Prutsev («Spartak»), Artyom Karpukas («Zenit») va hujumchi Dmitriy Vorobyov («Krasnodar») tark etishi ko’plarni lol qoldirdi!
«Bu jamoa o’yiniga ijobiy ta’sir ko’rsatadimi? Ehtimol, yo’q. Ammo iqtisodiyotga-chi? Albatta, ha! Bu ajoyib. Biz ko’rib turibmizki, klub o’yinchilar sifatini oshirdi. Bugun bir qator futbolchilar jamoani tark etgani oson vaziyat emas, buni barcha tushunadi. Lekin sifatli kuchaytirishlar bo’ladi va allaqachon mavjud, yosh o’yinchilar rivojlanadi, «Lokomotiv» tizimi esa ishonchli tarzda ishlashda davom etadi.
Batrakov shartnomasida ko’zda tutilgan agentlik to’lovlari bunday sharoitlarda standartdir. Bu mutlaqo normal sharoitlar!» – deya, «Chempionat» muxbiri Vladimir Chetverik Nagornixning so’zlarini bizga yetkazdi.







