Ajoyib! «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoasi Chempionlar Ligasida Fransiyaning «PSJ»siga qarshi «kambek»ka qattiq ishonayotganini ma’lum qildi! «Ha, biz g’ayrioddiy ishlarni qila olishimizga, «kambek»ka ishonchimiz komil! Lekin buni amalga oshirishimiz kerak, chunki biz Yevropa chempionlariga qarshi o’ynamoqdamiz. Bu vazifani murakkablashtiradi, biroq imkonsizga aylantirmaydi! Muxlislar ham o’yinimiz kabi muhim bo’ladi. O’ylaymanki, biz o’tgan haftagidan ancha yaxshiroq o’ynashimiz kerak, qolaversa, ularning futbolchilari bir yil oldin «Enfild»ga tashrif buyurgan tajribaga ega. Lekin menimcha, muxlislarimiz bunga tayyor va men ularga ishonaman, atmosfera o’tgan mavsumdagidan ham shovqinliroq bo’ladi!», — deya Slotning so’zlarini BBC keltirmoqda. Chempionlar Ligasining dastlabki chorak final o’yini Parij klubining 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlangan edi. Javob o’yini seshanba kuni, 14-aprel Angliyada bo’lib o’tadi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







