⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Insayder Florian Plettenberg X’da xabar berishicha, «Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkola transferi ustida ishlarni faollashtirgan. Klub bu kelishuvni yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yakunlashni juda istamoqda! Manba ma’lumotiga ko’ra, mersisaydliklar 22 yoshli fransiyalik futbolchining shaxsiy shartlarini biladi, kontraktda muammo kutmaydi. Asosiy masala — «Pari Sen-Jermen» bilan futbolchi transferida kelishuvga erishishdir! Ajoyib! Tomonlar muzokaralari dushanbaga belgilangan. «Liverpul» yaqin kunlarda birinchi rasmiy taklifni berishni ko’rib chiqmoqda. Barkolaning o’zi bu yoz «PSJ»dan ketishga tayyor. «Qizillar» fransiyalik vinger bilan transfer oynasi yakunigacha shartnoma imzolashga bor kuchini sarflamoqda! Bu sensatsiya!







