⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli xabar! «Inter Mayami»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi «Filadelfiya Yuniyon»ga qarshi MLS (6:4) o’yinining 73-daqiqasida jarohat shubhasida almashtirildi. Bu xavotirli ma’lumotni insayder Fabrizio Romano o’zining X sahifasida e’lon qildi. Klub tez orada argentinalik forvardning ahvolini baholaydi.
Bu haqiqiy sensatsiya, chunki avvalroq Lionel Messi Argentina terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan edi!
Jahon chempionati 2026 AQSH, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo’lib o’tadi. Amaldagi chempion Argentina Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan bir guruhda ishtirok etadi. Bu jarohat butun futbol olamini tashvishga solmoqda!







