⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib! Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi J Ch-2026 J guruhida Jazoirga qarshi bahsda het-trik qayd etdi, o‘yin 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlandi. U 17, 60 va 76-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bu Lionelning jahon chempionatlaridagi professional faoliyatidagi ilk het-triki! Yulduzli argentinalik JCHda 27 o‘yin o‘tkazib, 16 gol urgan va sakkizta assistga mualliflik qilgan. E’tiborli jihati, ushbu bahsda Messi gollar soni bo‘yicha Miroslav Klozening rekordini takrorladi. Argentina terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 22-iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi. J Ch-2026 ning J guruhida Iordaniya ham ishtirok etmoqda.







