⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Argentiniya terma jamoasi sardori Lionel Messi, afsuski, jamoasi Ispaniyaga Jahon chempionati — 2026 finalida 0:1 hisobida (qo‘shimcha vaqtda) mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, qalbni larzaga soluvchi post e’lon qildi! Bu hayajonli uchrashuv AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida o‘tib, bosh hakam sifatida Sloveniyalik Slavko Vincich maydonga tushdi.
«Og‘riq chidab bo‘lmas darajada, bu yara bitishi uchun vaqt kerak. Ammo men barcha yaxshi xotiralarni ham qalbimda saqlayman… Qanday ajoyib lahzalar! Bor kuchimizni berib, o‘yinlar yo‘nalishini o‘zgartirgan, xotiramizda abadiy qoladigan o‘yinlar, butun mamlakatning mislsiz qo‘llab-quvvatlashi hamda jamoaning mashaqqatli mehnati bizni yana dunyoning eng yaxshilari qatoriga olib chiqdi! Bu haqiqiy g‘urur!
Bugun erishgan yutuqlarimizni baholash qiyin, ammo jamoa ketma-ket ikki marta Jahon chempionati finaliga chiqdi! Bu ajoyib natija! Har bir xabaringiz uchun butun qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Yana bir bor mamlakat sifatida birlashib, argentinalik bo‘lishdan ulkan faxr tuyg‘usini his etdik! Shuningdek, Ispaniyani chempionatdagi ajoyib g‘alabasi bilan tabriklamoqchiman», — deya yakunladi Messi o‘z postini ijtimoiy tarmoqda.






