Lens prezidenti Angliya klubiga farm-klub bo’lish taklifini rad etdi

Lens prezidenti Angliya klubiga farm-klub bo'lish taklifini rad etdi Yangiliklar
Lens prezidenti Angliya klubiga farm-klub bo'lish taklifini rad etdi — "Lens" klubi prezidenti Jozef Ugurlyan Angliya klublaridan birining farm-klubi bo...

«Lens» klubi prezidenti Jozef Ugurlyan Angliya klublaridan birining farm-klubi bo’lish taklifini olganini ma’lum qildi! Bu haqiqiy shov-shuv! «Bu mutlaqo aqlga sig’mas holat! Bizga haqiqatan ham shunday taklif tushdi, lekin bu men ko’rib chiqayotgan variant emas, aslo! Bu klubimizning DNKsiga to’g’ri kelmaydi. Hali ozgina bo’lsa-da kuchimiz bor ekan, bunday narsani xohlay olmaymiz… Balki menda intellektual nuqtai nazardan nimadir yetishmayotgandir, ammo shaxsan men buni ligamiz uchun juda qayg’uli deb bilaman. Biz – Fransiya, Jahon chempionati yarim finalchisi, dunyoda eng ko’p futbolchi yetishtiradigan mamlakatmiz. Biz APL uchun ‘B ligasi’ bo’lishdan ko’ra ko’proq narsaga intilishimiz kerak!» — Ugurlyanning hayajonli so’zlarini «L’Équipe» nashri keltirmoqda. Eslatib o’tamiz, 2025/2026-yilgi mavsumda «Lens» Fransiya Kubogini qo’lga kiritib, Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o’rinni egallagan edi.

Оцените статью
⚽ LIVE
FC Copenhagen16:00Debreceni VSC
GKS Katowice16:00Hapoel Tel Aviv
Rapid Vienna16:00Paide
FC Copenhagen16:00Debreceni VSC
GKS Katowice16:00Hapoel Tel Aviv
Rapid Vienna16:00Paide