⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Barselona»ning 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamal professional faoliyatida La Liganing uchinchi sovrinini qo’lga kiritdi! Bu haqiqiy sensatsiya! «Ko’k-anorranglilar» yaqinda Madridning «Real»ini 2:0 hisobida mag’lub etib, 2025/2026-yilgi mavsum Ispaniya chempioni bo’lishgan edi. Qarangki, Lamin bungacha 2024/2025-yilgi mavsumda va uning professional futboldagi debyut kampaniyasi bo’lgan 2022/2023-yilgi mavsumda ham mamlakat chempioni bo’lgan. Demak, Yamalga «Barselona» bilan uchta La Liga chempionligi unvoniga erishish uchun atigi to’rt mavsum kifoya qildi. Solishtirib ko’ring: Krishtianu Ronaldu «Real Madrid» safida to’qqiz mavsumda bor-yo’g’i ikki marta Ispaniya chempioni bo’lgan xolos. Ajablanarli, shunday emasmi? Yamalning «ko’k-anorranglilar» bilan jami oltita sovrini borligi diqqatga sazovor. Uning muvaffaqiyatlar ro’yxatida uchta La Liga g’alabasidan tashqari, bitta Ispaniya Kubogi va ikkita milliy Superkubok ham mavjud. «Barselona» esa o’z tarixida 29-marotaba Ispaniya chempionligini nishonladi.






