⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Voajab! La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» Madrid rahbari Florentino Peresning sensatsion da’volariga javob berdi! Peres La Liga «Qirollik klubi»ni tanqid qiluvchi OAVga homiylik qilganini aytdi. Hatto 79 yoshli funksioner 25 million yevro to’langanini ta’kidlagan edi. «Bu yolg’on! — dedi Tebas qat’iyat bilan. — Ba’zan u bir raqamni, ba’zan boshqasini aytadi. Hatto bizni Milliy sport kengashiga (CSD) ham jo’natishgan! Bu butunlay yolg’on!» «Florentino Peresning obro’si katta, u «Real» tarixiga ulkan hissa qo’shgan. Men «Real»ning muxlisiman, ammo hozir yashirin muxlis. Bu klubdan afsusdaman, yolg’on tarqatishda davom etish mumkin emas!» — deya AS nashri Tebasning hayajonli so’zlarini keltirdi.






