⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va qirolicha Maksima, 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Ekvador bilan 0:0 durangdan so‘ng, Kyurasao terma jamoasi kiyinish xonasiga kirib, futbolchilar bilan raqsga tushdi! Bu videoni jamoa matbuot xizmati X tarmog‘ida e’lon qildi. Qirollik juftligi, Niderlandiyaning Xyustondagi Shvetsiya ustidan 5:1 g‘alabasidan so‘ng, Kyurasao o‘yiniga Kanzas-Sitiga yetib kelgan edi. Ekvador bilan uchrashuv yakunida Kyurasao Jahon chempionatida ilk tarixiy ochkosini qo‘lga kiritdi! Ajoyib natija! Kyurasao Niderlandiya Qirolligi tarkibidagi avtonom davlatdir. Shu sabab Yevropa qiroli va qirolichasi orol uchun ham davlat boshliqlari hisoblanadi.






