Hayratlanarli! Futbol hakami Pavel Kukuyan Rossiya Premer-ligasining 27-turidagi «Rostov» va «Orenburg» o’yiniga bosh hakam etib tayinlandi! Buni liga matbuot xizmati e’lon qildi. Qanday sensatsiya! Kukuyan 18-mart kuni «Zenit» va Maxachqala «Dinamo»si o’rtasidagi Rossiya Kubogi yarim finalida bahsli penalti belgilab, ishdan chetlatilgan edi. O’yin Sankt-Peterburg jamoasi g’alabasi bilan yakunlangandi. Uchrashuvdagi yagona gol aynan o’sha 11 metrlik zarbadan kiritilgani hayratlanarli holat edi! O’shanda ko’plab ekspertlar hakamni qattiq tanqid qilib, hatto unga hakamlikni taqiqlashni talab qilishgandi. Eslatib o’tamiz, Kukuyan penaltini «ko’k-oq-ko’klar» vingeri Daniil Kondakovga qilingan fol uchun belgilagan edi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







