⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner «Shaxtyor» ustidan Konferensiyalar Ligasi yarim finalining javob o’yinidagi (2:1) g’alabani sharhladi! «Bu haqiqatan ham hayajonli edi. «Shaxtyor»ning qanchalik kuchli ekanligiga hamma amin bo’ldi, bu mening futbolchilarimning ulkan xizmati! Ular plandan og’ishmadi va juda qattiq mehnat qilishdi», — deya TNT Sports Glasnerning so’zlarini keltirdi. Ikki o’yin natijasiga ko’ra, «Kristal Pelas» 5:2 hisobida g’alaba qozonib, Konferensiyalar Ligasi finaliga chiqdi. Final bahsi 27-may kuni Leyptsigdagi «Red Bull Arena»da bo’ladi. Angliya klubiga yarim finalda «Strasburg»ni 2:0 hisobida mag’lub etgan Ispaniyaning «Rayo Valyekano» raqib bo’ldi!






