⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsion xabar! Londonning «Arsenal» klubi «Benfika» va Norvegiya terma jamoasi vingeri Andreas Shelderupga qiziqish bildirmoqda! Bu ma’lumotni taniqli jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
Ammo, diqqat! Londonliklar norvegiyalik futbolchini qo’lga kiritish uchun yagona da’vogar emas. «Tottenhem Hotspur» va «Roma» ham Shelderup holatini jiddiy kuzatmoqda; ular yozgi transfer oynasi yopilmasdan uni imzolashga urinishi mumkin.
«Benfika» o’z o’yinchisi bilan xayrlashishga shoshilmayapti; vingerning shartnomasida naq €100 million miqdorida tovon puli bor! Bu Portugaliya klubiga muzokaralarda kuchli mavqe beradi. O’tgan mavsumda Shelderup klub uchun 43 o’yin o’tkazib, 10 gol urdi va 7 assist amalga oshirdi. Fantastik statistika!







