⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! Rossiyalik sharhlovchi Konstantin Genich «Krasnodar» hujumchilari Jon Kordoba va Dmitriy Vorobyovni solishtirib, o‘zining keskin fikrlarini bildirdi!
«Kordobani hech qanday shaklda almashtirib bo’lmaydi! Kim o’ynamasin, qaysi hujumchini olmasinlar. Uning «Krasnodar» va o’yin tuzilmasidagi ahamiyati juda muhim. «O’rnini bosib bo’lmaydiganlar yo’q» deyishadi, ammo u ajralmas futbolchi! Vorobyov butunlay boshqa sifatlar va funksiyali o’yinchi. Unga yangi jamoadoshlarga moslashish kerak, «Krasnodar»ga ham Vorobyov yoqtirgan uslubga o’rganish kerak. Lekin tasavvur qilishga ham qo’rqaman: Vorobyov bo’lmaganida, kim o’ynardi? Uning qanday moslashishini ko’ramiz», — dedi Genich «Komment.Shou» YouTube-kanalida.
Alfa-Bank Rossiya Premyer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumining 1-turida «Krasnodar» «Rubin»ni 3:1 hisobida mag’lub etgandi. Vorobyov o’sha uchrashuvda asosiy tarkibda 80 daqiqa o’ynadi, ammo samarali harakat qila olmadi. Kordoba esa JCH-2026 davridagi jarohatidan so’ng tiklanish jarayonida!







