«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani nemis Bundesligasining 31-turidagi «Maynts» ustidan qozonilgan 4:3 hisobidagi ajoyib g’alabani sharhladi. «Dastlabki 20 daqiqada biz g’ayrat va energiya bilan yomon emasdik, ammo raqib jarima maydonchasiga kira olmadik. Bunday holatlar ba’zan sodir bo’ladi, lekin o’sha paytda gol o’tkazib yubormaslik kerak! Tanaffusga qadar hisob 0:4 yoki 0:5 bo’lishi mumkin edi, dahshat!»
«Barcha gap mahorat va mentalitetda! Jamoaning ikkinchi bo’limda bu chaqiriqni qanday yenggani esa… Biz go’yo quyi ligadan tushishdan qutulgandek nishonladik – bu haqiqiy sensatsiya! Menga bunday ruh yoqadi. Mavsum oxirida mo’jiza kerak bo’lganda, noldan boshlash mumkin emas. O’ziga ishonch topish lozim, bugun biz bunga erishdik, ajoyib! Men uchun bu hamma narsaning asosidir», — deya Kompanining so’zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







