Sensatsiya! Myunxenning «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn UEFA Chempionlar Ligasi 1/2 finalining «Pari Sen-Jermen»ga qarshi birinchi o’yinida (4:5) gol urdi! Bu gol angliyalik futbolchi uchun turnirdagi 53-golga aylandi – ajoyib natija! Hozirda Keyn Chempionlar Kubogi/Ligasi tarixidagi eng yaxshi to’purarlar umumiy reytingida 12-o’rinda, undan bir pog’ona yuqorida «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 54 gol bilan turibdi! Reyting peshqadami — 141 gol bilan Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted», «Yuventus»)! Ikkinchi o’rinda 129 gol bilan Lionel Messi («Barselona», «PSJ»), kuchli uchlikni esa Robert Levandovski («Borussiya» D, «Bavariya», «Barselona») 109 gol bilan yakunlaydi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






