Kertis Jons yozda «Liverpul»ni tark etib, «Inter»ga o’tishi mumkin – Romano

Kertis Jons yozda "Liverpul"ni tark etib, "Inter"ga o'tishi mumkin – Romano Yangiliklar
Kertis Jons yozda "Liverpul"ni tark etib, "Inter"ga o'tishi mumkin – Romano — Bu haqiqiy sensatsiya! "Liverpul" yarim himoyachisi Kertis Jons joriy yozd...

Bu haqiqiy sensatsiya! «Liverpul» yarim himoyachisi Kertis Jons joriy yozda mersisaydliklar klubini tark etishi mumkin. Chunki uning yangi shartnomasi bo’yicha muzokaralar bir necha oy avval to’xtab qolgan. Bu haqda Fabritsio Romano o’z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko’ra, Milanning «Inter» klubi yanvardan beri unga qiziqish bildirmoqda va muzokaralarga tayyor! Hamma narsa futbolchining narxiga bog’liq bo’ladi. APL klublari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Hayratlanarli!

Yarim himoyachining «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo’ljallangan.

Jons mersisaydliklarning o’z tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 30 ta o’yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko’ra, futbolchining bozor narxi 40 million yevroni tashkil etadi. Qanday yangilik!

Оцените статью
⚽ LIVE
Brazil17:00Japan
Germany20:30Paraguay
Brazil17:00Japan
Germany20:30Paraguay