⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Voooy, qanday sensatsiya! «Real» himoyachisi Daniel Karvaxal va «Komo» hujumchisi Alvaro Morata 2026-yilgi Jahon chempionatini o’tkazib yuboradigan bo’ldi! Chunki ular Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentening 55 kishilik kengaytirilgan tarkibiga kiritilmadi. Bu shok xabarni AS nashri ma’lum qildi!
Manba ma’lumotiga ko’ra, qaror allaqachon qabul qilingan va o’zgarmaydi. De la Fuente Karvaxal va Moratani uzoq kuzatdi, ammo yomon forma hamda yuqori jarohatlar tufayli ularni ro’yxatga kiritmadi. Murabbiy klublarida yaxshiroq holatdagi futbolchilarni afzal ko’rdi. Hayratlanarli!
Ajabo! Ilgari Karvaxal va Morata milliy terma jamoa sardorlari edi. Yakuniy 26 o’yinchilik tarkib 25-may kuni e’lon qilinadi.
33 yoshli Morata joriy mavsumda 28 o’yin (983 daqiqa) o’tkazib, atigi bir gol va ikki assist qayd etdi. Alvaro mushak yirtilishi tufayli ancha vaqt o’ynamadi. 34 yoshli Karvaxal esa 885 daqiqa, ya’ni 1000 daqiqadan kamroq o’ynadi, 20 o’yinida samarali harakatlari yo’q! Daniel yil davomida mushak jarohatlari va tizza shikastlanishi tufayli ko’p o’yinlarni o’tkazib yubordi. Hozir u o’ng oyog’ining jimjilog’i falangasi yorilishidan tiklanmoqda. Bu haqiqiy fojea!






