⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis, «Manchester City» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning jamoani tark etishi mumkinligi haqida shov-shuvli fikrlarini bildirdi! Qarangki, 19-may, seshanba kuni «shaharliklar» Angliya Premer-ligasining 37-turida «Bornmut» bilan 1:1 hisobida durang o’ynab, chempionlikka bo’lgan so’nggi imkoniyatlaridan butunlay mahrum bo’lishdi. Bu haqiqiy sensatsiya!
Kanchelskisning fikricha, «Manchester City» Gvardioladan, murabbiyning o’zi esa jamoa va futbolchilardan allaqachon charchagan. Unga o’z muhitini o’zgartirib, ketishi lozim. «Angliyada bo’lganimda, «Siti» muxlislari bu futbol va «tiki-taka» uslubidan zerikishganini ko’p eshitgandim. «Arsenal» chempionlikka yetib borishi esa aniq edi», — dedi u «Chempionat» muxbiri Nikolay Baranovga.
Avvalroq, OAV Gvardiolaning mavsum yakunida «Manchester City»ni tark etishini xabar qilgandi. Uning o’rniga asosiy da’vogarlar orasida «Chelsi»ning sobiq murabbiyi Enzo Mareska nomi tilga olinmoqda.







