⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Londonning «Arsenal» klubi APL chempionligini qo’lga kiritganiga ajoyib munosabat bildirdi!
«Arsenal»ga qoyil! Shuncha yildan keyin chempionlikni qo’lga kiritish — bu haqiqiy sensatsiya! Jamoa yaxshi mavsum o’tkazdi. Ammo keyingi mavsum ular uchun eng hal qiluvchi bo’ladi. «Liverpul», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va o’z vaqtida «Arsenal» kabi buyuk klublar doim barqaror bo’lib, o’z buyukligini isbotlashlari shart!
«Siti»ga yangi murabbiy keladi. Arteta qisqa muddatda ajoyib jamoa yaratdi. Lekin ko’p omillar bor: «Liverpul» sustlashdi, «Siti» Gvardioladan charchadi, «Manchester Yunayted» Fergyuson ketganidan beri 10 yil o’ziga kelmayapti, «Chelsi» Abramovich ketgach, o’yin va yuzini yo’qotdi. Arteta bu imkoniyatdan ustalik bilan foydalandi!» — dedi Kanchelskis «Chempionat» muxbiri Nikolay Baranovga.







