⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib! «Milan» va Gruziya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kaxa Kaladze «PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning 2026-yilgi «Oltin To’p»ni yutish imkoniyatlarini baholadi. Hozirda bu sovrinning egasi Parijliklar va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele ekanini unutmang, azizlar!
Kaladze shunday savolga javob berdi: «Oltin To’p»ni kim yutishi juda dolzarb mavzu! Sizningcha, Xvicha bu bosh sovrinni oladimi?» «Menimcha, uning imkoniyati bor. Baholashda terma jamoa o’yiniga e’tibor beriladi. Lekin uning imkoniyati borligi aniq! Xo’sh, ko’ramiz. Afsuski, biz Jahon chempionatida o’ynay olmadik. Agar Gruziya JChda qatnashganida, imkoniyatlar yanada yuqori bo’lardi. Ko’ramiz-da! U «Pari Sen-Jermen»da ajoyib mavsum o’tkazib, eng yaxshilardan biri bo’ldi. Shu sababli, imkoniyat, albatta, bor!» — dedi Kaladze «Komment.Sho’u» YouTube kanalidagi videosida.







