⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Bu haqiqiy sensatsiya! Kabo-Verde terma jamoasi Jahon chempionatlarida 2002-yildagi Senegal (1 gʻalaba, 1 durang) dan beri oʻzining dastlabki ikki oʻyinida magʻlubiyatga uchramagan (2 durang) birinchi jamoa boʻldi! OptaJose X ijtimoiy tarmogʻida shunday xabar berilmoqda.
Ajoyib! Jahon Chempionati-2026 ikkinchi turida Kabo-Verde terma jamoasi Urugvay bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi. Eng eʼtiborlisi, bu oʻyinda Kabo-Verde oʻz tarixidagi ilk Jahon chempionati golini kiritdi! Uni “Krasnodar” yarim himoyachisi Kevin Lenini urdi!
Eslatib oʻtamiz, birinchi oʻyinda jamoa Ispaniya bilan 0:0 hisobida durang oʻynagan edi.
Guruh bosqichining hal qiluvchi, 3-turida Urugvay Ispaniya bilan, Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoni bilan toʻqnashadi. Har ikki muhim bahs 27-iyun kuni boʻlib oʻtadi.







