⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Zenit»ning sobiq futbolchisi Aleksandr Kanishchev ko‘k-oq-havoranglar hujumchisi Jon Duran borasida hayratlanarli darajada keskin fikrlarini bildirdi! Bu shubhasiz, haqiqiy shov-shuvlarga sabab bo‘ldi!
«Bu umuman nima edi, Pogorelovdan so‘rash kerak! Axir, klub avvalgi jamoalarida ma’lum xususiyatlarga ega futbolchini oladi-ku! Bu shunchaki havoga sovurilgan pullar ekani oydin edi! «Zenit» transfer siyosatiga mas’ul insonlardan bu nima ekanini so‘rash shart! Bu birinchi holat emas – xuddi Gerson bilan ham shunday bo‘lgandi. Ajablanarli emas! Duran bu yerda o‘ynashni istamasdi, unga medal ham kerak emasdi. U pullarini oldi-da, ketib qoldi. Bu — klubga va Jonning jamoaga yordam berishiga umid bog‘laganlarga nisbatan haqiqiy tupurik!
Bu mas’ullarning layoqatsizligidir! Klubda ishlaydigan odamlar buning evaziga pul ishlab oladi. Bu transferdan komissiya hisobiga ancha yaxshi daromad olingan. Javob oddiy: buning uchun kimdir javob berishi shart!» — dedi Kanishchev «Chempionat» muxbiri Nikolay Baranovga.
Avvalroq Jon Duran «Zenit»ni tark etgani xabar qilingan edi. Hujumchi 2026-yil 9-fevralda Saudiya «Al-Nassr» klubidan ijara asosida ko‘k-oq-havoranglarga kelib qo‘shilgan edi. Shartnoma 2026-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan edi. Duran «Zenit» safida 9 o‘yin o‘tkazib, 2 gol urgan.







